Ishlab chiqarish · Savdo · Distribyutsiya

Biznesingiz o'syapti.
Boshqaruv ortda qolyaptimi?

1,5–2 oyda jarayonlarni tartibga solamiz va AI agentlarni joriy qilamiz. Odatda bu ish 3–6 oy oladi. Natijada biznesni telefoningizdan, raqam bilan boshqarasiz.

Raqamingizni qoldiring — bepul 30 daqiqalik tahlil vaqtini o'zim qo'ng'iroq qilib kelishaman.

BepulHech narsaga majbur qilmaydi24 soat ichida qo'ng'iroq

Noyabr oqimiga 10 ta korxona olinadi — sifatni ushlab turish uchun bundan ko'p olmaymiz. Avval o'zim tekshirib ko'raman →

Tanish holatmi?

O'sish boshlanganda tartib buziladi

1

Har bir qaror sizdan o'tadi. Siz bir kun bo'lmasangiz, ish sekinlashadi.

2

Raqamlar kechikib keladi va har xil Excel'larda tarqalgan. Haqiqiy foydani oy oxirida ham aniq bilmaysiz.

3

Xodimlar soni ko'paydi, natija esa shu darajada oshmadi. Kim nimaga javobgar — aniq emas.

4

ERP yoki baza bor, lekin u hisob yuritadi xolos — boshqaruvga yordam bermaydi.

Qanday ishlaymiz

Uch qadam: tor joy, tartib, AI

01 · DIAGNOSTIKA

O'sish nuqtasini topamiz

Pul, vaqt va imkoniyat qayerda yo'qolayotganini raqam bilan ko'rsatamiz. 3–5 ta asosiy to'siq va ularning narxi.

02 · TARTIB

Jarayonga ega tayinlaymiz

Har jarayonning mas'uli, o'lchovi va hisoboti bo'ladi. Reja va fakt bir joyda, raqamda ko'rinadi.

03 · AI AGENT

Nazoratni agentga beramiz

Hisobot, eslatma, tahlil va ogohlantirishni AI agent bajaradi. Siz Telegram'da savol berasiz — u raqam bilan javob beradi.

AI agent amalda

Ertalab kofe ichguncha biznes holatini bilasiz

Agent sizning bazangiz va ERP'ingizga ulanadi. Hisobotni kutib o'tirmaysiz — kerakli raqamni o'zingiz so'raysiz.

  • Har kuni ertalab: kechagi sotuv, kassa, debitorlik, ombor qoldig'i
  • Muammo erta ko'rinadi: reja bajarilmasa, qarz muddati o'tsa — darhol xabar
  • Bo'lim rahbarlari uchun alohida panel va vazifalar nazorati
  • Ma'lumot sizda qoladi, tizim sizning biznesingizga moslab quriladi
Namuna yozishma
Qaysi mijozlarning qarzi 30 kundan oshdi?
4 ta mijoz, jami 186 mln so'm. Eng kattasi — 74 mln, 41 kun. Ro'yxat va har biri bo'yicha mas'ul menejer quyida.
Bu hafta reja qanday?
Ishlab chiqarish rejasi 87%. Orqada qolgan: 2-sex, 3-smena. Sabab: xomashyo kechikkan.
Natija raqamda

Tizim — bu ko'p hujjat emas. Bu o'lchanadigan natija

240 m²

ishlab chiqarish maydoni bo'shadi

6

stanok qayta joylashtirildi, oqim tezlashdi

2%

gacha kamaydi xomashyo yo'qotishi

37

korxona bilan ishlangan loyihalar

Dastlabki uchta natija — ishlab chiqarish korxonasini tizimlashtirish loyihasidan.

Sizning korxonangizda-chi?

Har oy qancha pul jim yo'qolayotganini bilasizmi?

30 daqiqalik suhbatda eng katta 3 ta yo'qotish nuqtangizni raqam bilan ko'rsatib beraman. Bizga kelmasangiz ham, bu ro'yxat sizda qoladi.

Kim uchun

Masshtab qilishga tayyor egalar uchun

  • Ishlab chiqarish, savdo yoki distribyutsiya biznesi
  • 20 va undan ortiq xodim
  • Bazasi, 1C yoki ERP'si bor
  • Biznes to'xtab qolmagan — o'smoqchi, lekin boshqaruv bunga ulgurmayapti
BEPUL TAHLILDA

30 daqiqa, aniq natija bilan

  • Biznesingizdagi eng katta tor joyni birga topamiz
  • Sizga mos AI agent qanday ishlashini jonli ko'rsataman
  • Birinchi 7 kunda nima qilish kerakligini aytaman — bizga kelmasangiz ham ishlaydi
Biznes Defektori · 5 daqiqa

Korxonangiz qayerda pul yo'qotyapti?

24 ta savol, 8 yo'nalish. Oxirida eng og'ir 3 muammo va 7 kunlik qadamlar.

Testdan o'tish
Noyabr oqimi · cheklangan

10 ta korxona. Undan ortiq olmaymiz

Har bir loyihani o'zim boshqaraman. Shuning uchun bir oqimda 10 tadan ko'p korxona bilan ishlamaymiz — sifat tushib ketadi.

Joylar holati yuklanmoqda…

Bo'sh joyni band qilish
Ariza

Bepul 30 daqiqalik tahlilga yoziling

Arizangizni ko'rib chiqib, 24 soat ichida o'zim qo'ng'iroq qilaman. Tahlil oflayn yoki onlayn bo'ladi — sizga qulayiga qarab.

Noyabr oqimi: 10 ta joy.

Noyabr oqimi: 10 ta joy. Raqam qoldiring — qo'ng'iroq qilaman.